Главная » 2015 Avgust 23 » "Sport” telekanalida nima gaplar?
14:33 "Sport” telekanalida nima gaplar? |
![]() Yevropada futbol mavsumi start olganligidan xabaringiz bor albatda. Bir yoqdan Angliya Premer ligasiniing shiddatli o'yinlari, bir yoqdan esa La liga va A serianing qiziqarli to'qnashuvlari bizni kutib turipti. Chempionlar Ligasi esa alohida mavzu. Xullas, haqiqiy futbol bayrami boshlanib bo’ldi. Ammo “Sport” telekanali bu yili ham o'yinlarni translyatsiya qilmaydi shekilli. Har xolda TVda bu haqida hali bironta reklamaga ko'zim tushmadi. Shaharlarda yashovchi yurtdoshlarimiz rus kanallari orqali yoki boshqa yo'l bilan o'yinlarni ko'rishlari mumkindir. Ammo hamma ham bunday sharoitga ega emasku. Chempionlar ligasining yarim finali bo'layotgan bir paytda, ne ne ilinj bilan “Sport”ga qo'ysang-u, qandaydir tog' chang'isi berilayotgan bo'lsa odamga juda alam qilarkan. Hozir yurtimiz har qanday sohada ilgarilab ketdi. Ta'lim deysizmi, ishlab chiqarishmi yoki boshqa har qanday sohani oling, barchasi zamonaviy suratda rivolanib boryapti. Ammo bizning “Sport” kanalimiz hozircha biron narsasi bilan maqtana olmaydi. To'g'ri, boks, tennis, poyga... boringki sportning barcha turlaridan olib ko'rsatishadi. Lekin O'zbekistonda birinchi raqamli sport turi bu – MILLONLAR O'YINI! Berilayotgan ko'rsatuvlarning ko'pchiligi efir vaqtini to'ldirishdan boshqa narsaga yaramaydi. Kosmik kemalarimiz jamiki koinotni kezib yurgan bir paytda, biz haliyam evrofutboldan bebahra qolmoqdamiz. Muammo nimada? TVdan biror rasmiy hodim haligacha muammo haqida og'iz ochmadi. Nega translyatsiyalar bo'lmayotganini biz ham bilaylik. Agar sabab faqat mablag'ga bog'liq bo'lsa, buni to'g'ri tushunamiz. Bu zamon talabi. TV hodimlari paynet orqali to'lanadiganga o'xshash biron nima o'ylab topishsin. Oyiga falon pul to'lab bo'lsa-da, futbol ko'rishga tayyor muxlislar juda ko'p topilsa kerak. Har xolda men tog' chang'isini yoki nominiyam bilmaydiganim qandaydir sport turini bepul ko'rishdan ko'ra, pul to'lab bo'lsa ham Angliya chempionatini, “Real Madrid” “Barselona”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” ishtirokidagi o'yinlarni ko'rishni afzal deb bilaman. Oliy liganiyam tuzuk ko'rolmasak… Balki Oliy liga bahslari PFL tomonidan bir necha marotabalab o'zgartirilaverishi TV dasturlarida muammo tug'dirishi mumkin. Endi PFLga bir nima deb bo'lmaydi. Bu tashkilotga ne ne jurnalistlarning qalami ta'sir o'tkaza olmagan. Lekin TVning professional vakillari viloyatlardagi eng qiziqarli bahslarga borib, o'yinni, gollarni, havfli vaziyatlarni 5, 6 tarafdan chiroyli qilib tasvirga olishsa bo'lmaydimi? Viloyatlardagi uchrashuvlar 2, 3 ta kamerada qo'l uchidagina tasvirga olinyapti. Tasvirga olishdayam olish bor ahir. Xavfli vaziyat-u gollarga sal ijodiy taraflama yondashib qaralsa, futbolchi-yu murabbiylarning ehtiroslari ham chiroyli tarzda tasvirga olinsa bo'lmaydimi? Davlat telekanalida shunday ijodkor hodimlar va 5, 6 ta kamera topilishi qiyin bo'lmasa kerak?! Hech bo'lmasa Toshkentdagi bahslarni shunday tarzda olib berishsin. Hech bo'lmasa... Rossiya chempionati ham juda qiziqarli kechadi. Futbol ixlosmandlarining chanqog'ini bosish maqsadida, hech bo'lmasa ushbu chempionat o'yinlarini muntazam olib berish yo'lga qo'yilsa yaxshi bo'lardi. Vatandoshlarimiz to'p surayotgan "Lokomotiv", "Krasnodar" kabi jamoalarning uchrashuvlarini milliy telekanal orqali ko'rib borish boshqacha bo'lsa kerak. Tez orada barchasi joy joyiga tushadi va “Sport” telekanali evrofutbolni yana namoyish etishni boshlaydi, deb umid qilaman. Kirtdi: _Ronaldo7_ Прикрепления: Картинка 1 |
|
Всего комментариев: 0 | |
Kirish
Ovoz bering!
Qidiruv...
Jadval
To`p urarlar | Gollar | ||
---|---|---|---|
1 | Ronaldo | 61 | |
2 | Benzema | 22 | |
3 | Xames | 18 | |
4 | Beyl | 17 | |
5 | Chicharito | 9 |
Asitsentlar | Paslar | |
---|---|---|
1 | Ronaldo | 22 |
2 | Xames | 17 |
3 | Kroos | 13 |
4 | Benzema | 12 |
5 | Isko | 12 |
Asitsentlar
To`p urarlar
Taqvim
« Avgust 2015 » | ||||||
Du | Se | Cho | Pa | Ju | Sha | Yak |
1 | 2 | |||||
3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 |
17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 |
24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
31 |
Tablitsa
Mini chat
Saytimiz VKCOM
OK.RU dagi guruh
Saytimiz twitteri