Главная » 2014 » Sentabr » 19 » YeChL. 1-tur ramziy terma jamoasi
22:51
YeChL. 1-tur ramziy terma jamoasi

Yevropa chempionlar ligasi 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Biz ushbu tur ramziy terma jamoasini tuzishga harakat qildik.

 

Chempionlar ligasining 1-tur ramziy terma jamoasini 3-5-2 sxemasi asosida tuzishga qaror qildik. 

Darvozabon: Janluiji Buffon ("Yuventus")

Turinliklar posboni darvozasi tomon "Malmyo" futbolchilari to‘rt bor zarba yo‘llashdi. Har safar Buffon ishonchli harakat qildi. Birinchi bo‘limning o‘rtalariga kelib Buffon jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

 

Himoyachilar: Pike ("Barselona"), Boateng ("Bavariya"), Grosskroys ("Borussiya D").

"Barselona" - APOEL o‘yinida kataloniyalik himoyasi ishonchli harakat qildi. Bunda Pikening xizmatlari katta bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini hal etgan gol muallifi Pike bo‘ldi. Messi tomonidan jarimadan uzatib berilgan to‘pni Pike boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasiga g‘alabani taqdim etdi.

"Bavariya" - "Manchester Siti" uchrashuvida ham o‘yin qahramoni himoyachi bo‘ldi. Jerom Boateng bellashuvning so‘nggi daqiqasida Jo Xart qo‘riqlayotgan darvozani o‘zining aniq va chiroyli zarbasi bilan ishg‘ol etdi va jamoasiga muhim bahsda uch ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Shuningdek, ushbu o‘yinda Jerom Boateng himoya chizig‘ida ham ishonchli harakatlandi.

Turning yana bir markaziy o‘yini Dortmundda kechdi. "Borussiya D" - "Arsenal" uchrashuvida Yurgen Klopp shogirdlari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va ishonchli tarzda Arsen Venger boshchiligidagi "Arsenal" jamoasini mag‘lub etishdi. Bu g‘alabada Kevin Grosskroysning xizmatlari katta bo‘ldi. Kevin Grosskroys uchrashuvni to‘liq himoyachi sifatida o‘tkazmagan bo‘lsada, kerakli paytda jamoasi darvozasi tomon uyushtirilgan hujumlarni bartaraf etishga erishdi va kiritilgan har ikkala golga assistentlik vazifasini bajarib berdi. Ushbu g‘alabadaGrosskroysning xizmatlari beqiyos bo‘ldi.

 

Yarim himoyachilar: Jervino ("Roma"), Braimi ("Portu"), Afellay ("Olimpiakos"), Iturbe ("Roma"), Beyl ("Real").

"Roma" - SSKA bahsida rimliklar raqiblarini tor-mor keltirishdi. Ushbu g‘alabada "Roma"ning ikki nafar yarim himoyachisi Jervinova Iturbelarning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Bu ikkala futbolchi jamoasining uchchala golida ishtirok etishdi. Bir vaziyatdaIturbening pasidan so‘ng Jervino hisobni ochdi. Keyinchalik rollar almashdi. Iturbeni qulay vaziyatga chiqargan Jervino jamoasining ikkinchi golisa hammualliflik qildi. Maykonga gol kiritishga yanaIturbe assistenlik qilgan bo‘lsa, "Roma"ning to‘rtinchi goli tinib-tinchimas Jervino hisobiga yozildi. 

"Portu" - BATE uchrashuvi qahramoni so‘zsiz Braimi bo‘ldi. ushbu futbolchi BATE darvozasiga uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi va xet-trik qayd etdi. Umuman bu o‘yindagi g‘alaba to‘liq Braimihisobiga yozildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Yevropa chempionlar ligasining amaldagi finalchisi Ispaniyaning "Atletiko" jamoasi Gresiyadan "tarsaki" yeb o‘z yurtiga qaytib ketdi. Bir paytlar aynan Ispaniyada to‘p surgan Ibrohim Afellay"Barselona" bilan ko‘p marotaba "Atletiko"ni ranjitishga erishgan edi. Bu safar gollandiyalik charm to‘p ustasi bu ishini "Olimpiakos" safida bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Avvallari "Barselona" a’zosi sifatida "Atletiko" ustidan qozonilgan g‘alabalarni tantana qilgan Afellay, bu kuni umuman boshqacha rolda bu ishni bajarni. Aynan Afellayning faolligi va ishonchli harakatlari tufayli "Olimpiakos" chempionlar ligasining dastlabki turida amaldagi finalchi "Atletiko" o‘z ortiga quruq qo‘l bilan qaytarib yubordi. Jamoasining birinchi goliga hammualliflik qilgan Afellay, ikkinchi to‘pni o‘zi kiritdi va jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. 

"Real" - "Bazel" uchrashuvida madridliklar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Uelslik Garet Beyl shu kuni har doimgidek faol o‘ynadi. Garet Beyl jamoasining ikkinchi golini o‘z hisobiga yozib qo‘ygan bo‘lsa, Ronaldoning gol kiritishiga ko‘maklashib yubordi. 

 

Hujumchilar: Karlos Teves ("Yuventus"), Chiro Immobile ("Borussiya D").

Turinda kechgan "Yuventus" - "Malmyo" o‘yinida Massimiliano Allegri shogirdlariga oson bo‘lgani yo‘q. "Yuventus" so‘nggi yillarda chempionlar ligasidagi startni g‘alaba bilan boshlay olmayotgani va nisbatan kuchsizroq raqiblari bilan ochkolarni bo‘lishib olayotgani uchun ham bu o‘yin qiymatini yanada oshirib yuborayotgan edi. Kutilganidek "Yuventus" avvallari "Nordshelland" va "Kopengagen" bilan bo‘lgan o‘yinlardagi kabi raqib darvozasiga sanoqsiz zarbalar yo‘lladi va gol kiritishga ancha muammolarga duch keldi. Bu bellashuvda ham turinlik ishqibozlar jamoasi golini uzoq kutishdi. Yevropa chempionlar ligasida 5 yildan buyon to‘p kiritolmay kelayotgan Karlos Teves uchrashuvning 60-daqiqasida nihoyat o‘z so‘zini aytdi va tablodagi hisobni jamoasi foydasiga to‘g‘irlab qo‘ydi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida esa Teves jarima to‘pini qoyilmaqom qilib amalga oshirdi va "Yuventus"ning omadsiz startlariga chek qo‘yish bilan birga, o‘zining chempionlar ligasidagi golsiz seriyalariga yakun yasadi.

Dortmundda kechgan markaziy o‘yinlardan birida "Borussiya D"ning yangi xarid qilgan italiyalik hujumchisi Chiro Immobile kutilmaganda uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Kutilmaganda deyishimizning boisi, Yurgen Klopp so‘nggi ikkita o‘yinda Adrian Ramosni asosiy tarkibga kiritayotgan va hujumchi har ikkala bahsda juda yaxshi o‘yin namoyish etib, gollar kiritayotgan edi. Ammo "Arsenal" bilan bo‘lgan bahsda Klopp asosiy tarkibda Chiro Immobileni tushirishga qaror qildi. Va yakunda bu qaror o‘zini oqladi. Chiro Immobile shu kuni o‘zining ajoyib harakatlari bilan ajralib turdi. Uchrashuvda hisobni ochgan gol muallifi aynan italiyalik Chiro Immobile bo‘ldi. Maydon markazida Grosskroysdan to‘pni qabul qilib olgan Immobile raqib himoyachilarini ortda qoldirdi va jarima maydonchasi ichiga kirishi bilanoq Shchesni qo‘riqlayotgan darvozani nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi. 

YeChL, 1-turning ramziy terma jamoasi: Buffon - Pike, Boateng, Grosskroys - Jervino, Braimi, Iturbe, Afellay, Beyl - Teves, Immobile.

Turning eng yaxshi bosh murabbiyi: Andre Villash-Boash ("Zenit")

.Lós_Blánçós

Категория: STATISTIKA | Просмотров: 713 | Добавил: Lós_Blánçós | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish
Ovoz bering!
Yozda qaysi o'yinchini jamoaga kelishini hohlaysiz?
Всего ответов: 190
Qidiruv...
Jadval
To`p urarlar Gollar
1 Ronaldo                  61
2 Benzema 22
3 Xames 18
4 Beyl 17
5 Chicharito 9
Asitsentlar Paslar
1 Ronaldo 22
2 Xames 17
3 Kroos 13
4 Benzema 12
5 Isko 12
Asitsentlar To`p urarlar
Taqvim
«  Sentabr 2014  »
Du Se Cho Pa Ju Sha Yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Tablitsa
Mini chat
O`NLAYNDAGILAR
Statok.net uzbek.mobi
Onlayn 21
Mehmon 21
Ro`yhatdan o`tkanlar 0
Saytimiz VKCOM
OK.RU dagi guruh
Saytimiz twitteri