11:06 Xavier: "Madrid" gerbini himoya qilish - fantastik his-tuyg'u. | |
![]() "Real" hujumchisi Xaver Ernandes Chempionlar Ligasi yarim finali "Yuventus"ga qarshi dastlabki uchrashuv oldidan UEFA rasmiy saytiga intervyu berdi. "Atletiko" darvozasiga urgan g'alaba golingizdan so'nggi boshingizdan o'tgan his-tuyg'uni tasvirlab bera olasizmi? "Toza xursandchilik. Bu biz qidirgan gol edi. Men faqatgina jamoani qiyin bajargan ishini va harakatini yakunladim. "Atletiko" bilan 180 daqiqali o'yindan so'ng biz yarim finalga chiqdik. Raqib yaxshi himoyalandi, Oblak esa jiddiy jasorat ko'rsatdi.... biz "matraschilar"ga umuman gol urmaydigandek ko'ringandi, lekin biz ishonchni yo'qotmadik va kurashishda davom etdik. Biz ertami kechmi gol urishimizni bilgan edik va bu o'yin oxirida bo'ldi. O'zingizni golingizdan keyin "Bernabeu" muhitini eslay olasizmi? "Bu hayratlanarli bo'ldi. Biz muhlislarimizni his-tuyg'ularini avtobusdayoq sezgan edik. Shaxsan meni bunday narsalarhar doim qalbimni tubigacha chertadi. Bu voqea meni ilhomlantirdi va keyingi o'yin oldidan yanada ruhlantirdi". "Real Madrid" "Yuventus"ni qanchalik xurmat qiladi? "Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. Biz har biriga huddi final o'yinidek tayyorlanamiz.Bilamizki, har qanday raqib "Real Madrid"ga qarshi yanada ruhlanadi, hamma o'zini bizga qarshi o'yinda ko'rsatishni xohlaydi. Futbolda hammasini maydon hal qiladi va biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz". "Yuventus"ni qaysi sifatini kuchli degan bo'lardingiz? "Bu juda katta jamoa, ular hech qachon taslim bo'lmaydi va har bir o'yinga yaxshilab tayyorlanadi. Ularni tarkibida yaxshi futbolchialr bor. Chempionlar Ligasi yarim finali darajasi har doim juda baland bo'lgan". Siz uchun "Madrid" bilan Chempionlar Ligasi finali nimani anglatadi? "Ko'pini. Biz hammamiz shuni orzu qilamiz. Men Chempionlar Ligasida 5 yil o'ynadim va bir marta men yuta olmagan finalda bo'lganman. Bu sovrinni yutish - har bir futbolchining orzusi. Lekin ayni paytda biz faqat "Yuventus"ni o'ylayapmiz. Biz finalga asta-sekinlik bilan yaqinlashishmiz kerak, chunki Berlingacha yo'l hali uzoq. Biz bilamizki, "Yuventus" kuchli qarshilik ko'rsatadi, lekin biz finalga chiqish uchun hamma kuchimiz bilan yondashamiz". Chempionlar Ligasi madhiyasi allaqachon ommaviy bo'lib ketdi. Uni yoqqanda siz nimalarni his qilasiz? "Ajoyib his-tuyg'u! Yevropaga tashrif buyurishim bilan bu musoqabani doimiy ishtirokchisi bo'lishim omadim kelganidandir va uning madhiyasini har bir uchrashuv oldidan eshitish - qandaydir hayratlanarli". Sizning asosiy sifatingiz - maydonda tezda joyingizni o'zgartirishingiz. Qachon joydan start olishni qanday tushunasiz? "Buni men yoshligimdan o'rganganman. O'yin paytida siz "avtomat"dek yugurishingizni tushuntirish qiyin. Futbolda qaror qabul qilish uchun bir necha sekundlar beriladi. Men yugurishni amalga oshiraman, agar to'p menga kelayotgan bo'lsa - voqeani uzoq davom ettirish yo'lini izlayman. Aks holda, men tezda boshqa joyda bo'lishim kerak. Bu esa ichki tuyg'u masalasidir". Siz uchun "Madrid" libosi nimani anglatadi? "U katta ruhlanish, hayajon va qat'iyat olib keladi. Dunyoning eng yaxshi jamoasida o'ynash - har qanday o'yinchini orzusi. Men berilgan imkoniyatlardan maksimal foydalanishga urinayapman va maydondagi vaziyatlardan rohatlanaman". Ispaniya poytaxtida yarim yildan beri turibsiz. "Madrid"dan sizni qanday taassurotlaringiz bor? "Real" - hayratlanarli klub. Bu yerda futbolchilarni faqat keyingi uchrashuvga tayyorlanishi haqida qayg'urishi uchun hamma narsa qilinadi, hamma doim shaxardagi qulay hayotga va klubda nima bo'lishiga qiziqadi. Bu yerda hammasi yuqori darajada turadi. "Real" - fantastik institut va klub. Bu yerda bo'lish, bu jamoani ko'rsatish va gerbini himoya qilish ajoyib". Hujumchi sifatida, vaziyatdan unumli foydalana olmagandan keyingi psixologik holat haqida tushuntiring. Bu paytda qanday o'y-hayol keladi? "Bunday vaziyatga xuddi omadsiz pas bergandek qarayman. O'yin vaqti bunday holatlarga diqqatni tortmaslik kerak. Bu futbol. Agar siz zarba yoki uzatma haqida qayg'ursangiz - maydonda nima bo'layotgani haqida o'ylamay qo'yasiz. O'yin 90 daqiqa bo'ladi, shunday ekan 1 ta qo'yib yuborilgan imkoniyat to'xtashni anglatmaydi. Doim keyingi vaziyatni kutish kerak". | |
|
Всего комментариев: 0 | |
To`p urarlar | Gollar | ||
---|---|---|---|
1 | Ronaldo | 61 | |
2 | Benzema | 22 | |
3 | Xames | 18 | |
4 | Beyl | 17 | |
5 | Chicharito | 9 |
Asitsentlar | Paslar | |
---|---|---|
1 | Ronaldo | 22 |
2 | Xames | 17 |
3 | Kroos | 13 |
4 | Benzema | 12 |
5 | Isko | 12 |
QIROLLIK KLUBI [619] |
JAROHATLAR (TRAVMA) [14] |
MISH-MISHLAR [84] |
MURABBIY INTERVYUSI [34] |
INTERVYU [169] |
STATISTIKA [129] |
KARIKATURA [55] |
TRANSFER [311] |
BLOG [8] |
EL CLASSICO [9] |
LOYIHALAR [40] |
SAYT HAQIDA [0] |
HAPPY BIRTHDAY [6] |