16:47 Anchelotti: Hozir hamma o'y-hayolimiz bo'lajak o'yinda. | |
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 36-tur doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o'yin oldidan odatdagidek press-konferensiyada qatnashdi.
"Biz o'zimizni eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. "Valensiya" Chempionlar Ligasida o'ynash imkonini beradigan yo'llanma uchun kurashmoqda, bizni juda qiyin o'yin kutib turibdi. Jamoa ruhiy jihatdan tayyor. BIz bilamizki, bu o'yin mavsumning eng muhim o'yinlaridan biri. "Valensiya" "Mestalya"dagi o'yinda bizga qiyinchilik tug'dirgandi, lekin biz endi uyda o'ynaymiz va o'zimizni eng yaxshi sifatlarimizni barchasini ko'rsatishimiz kerak". Bo'lajak o'yin "Men "Madrid"ning oxirgi uchrashuvlaridagi o'yin sifatidan tashvishga tushayapman. Biz fikrni bir joyga jamlashimizni va nimaga qodir bo'lsak hammasini ko'rsatishni juda xohlayman. Ertangi o'yinda kimlar maydonga asosiy tarkibda tushishini hali aniqlab olmadim. O'yinchilarning ba'zialriga dam beraman deb o'ylamayman, chunki bizda 4 kunlik tanaffus bo'ldi. Jamoa ajoyib jismoniy holatda turibdi". Turindagi o'yin "Biz yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi, mag'lubiyat - bu fikrni bir joyga jamlamaslikdan emas.Jamoa har 3 kunda o'ynashmoqda va doim yaxshi holatda bo'la olmaymiz, pasayish ham bo'lib turadi. "Yuventus" bilan o'yinda meni o'yinchilarim bizni kuchsiz tomonlarimiz deyish mumkin bo'lmagan jabhalarda xato qilishdi". Beyl "Men uni statistikasiga e'tibor bermayman. Men u bilan gaplashishim kerak emas. Beyl yaqin kunlarda butun "Madrid"dek yaxshi o'ynaydi". Benzemani qaytishi "U tayyor, lekin hali ham 100% emas. Karim maydonga birinchi daqiqalardan yoki zahiradan tushishini keyinroq aniqlab olaman". Ramosning nuqtasi "Men ishonamanki, Serxio har qanday nuqtada o'ynay oladi. U maydon markazida yaxshi, uni yana yarimhimoyachi sifatida maydonga tushirsam xato bo'ladi deb o'ylamayman, chunki biz shunday qilib "Atletiko" va "Sevilya"ni yutdik. Agar kerak bo'lsa, men Serxio uchun yangi bo'lgan nuqtada o'ynataman, u o'z majburiyatlarini ajoyib bajarmoqda. Lekin bu boshqa yarimhimoyachilarga ishonmasligimni anglatmaydi". Xedira "Unda o'ng oyog'ida jarohat bor edi, u hali ham tiklanmadi". Messining "Bavariya"ga qarshi o'yini "Men bu o'yinni ko'rdim, "Barselona" ajoyib ko'rindi. Kataloniyaliklar javob o'yini oldidan ustunlikni o'zlariga olishdi, bu ular uchun juda yaxshi. Messi butun jamoa kabi qoyilmaqom o'ynadi". | |
|
Всего комментариев: 0 | |
To`p urarlar | Gollar | ||
---|---|---|---|
1 | Ronaldo | 61 | |
2 | Benzema | 22 | |
3 | Xames | 18 | |
4 | Beyl | 17 | |
5 | Chicharito | 9 |
Asitsentlar | Paslar | |
---|---|---|
1 | Ronaldo | 22 |
2 | Xames | 17 |
3 | Kroos | 13 |
4 | Benzema | 12 |
5 | Isko | 12 |
QIROLLIK KLUBI [619] |
JAROHATLAR (TRAVMA) [14] |
MISH-MISHLAR [84] |
MURABBIY INTERVYUSI [34] |
INTERVYU [169] |
STATISTIKA [129] |
KARIKATURA [55] |
TRANSFER [311] |
BLOG [8] |
EL CLASSICO [9] |
LOYIHALAR [40] |
SAYT HAQIDA [0] |
HAPPY BIRTHDAY [6] |