Главная » 2015 » Iyun » 27 » Vitse-sardorga 4 ta nomzod...
00:03
Vitse-sardorga 4 ta nomzod...
"Qirollik klubi" markaziy himoyachisi
Serhio Ramos yaqin kunlar ichida
"Real"ni tark etishi kundan-kunga
oydinlashib bormoqda.

Hozirda
OAV Ramosning o'rnini egallashi
mumkin bo'lgan nomzodlar 4 nafar
ekani haqida yozmoqdalar.

Nikolas Otamendi: 1988-yilda
tug'ilgan Argentinalik himoyachi
hozirgi kunda "Valensiya" klubining
asosiy tarkib futbolchisi va shuning
bilan bir qatorda huddi Ramos
singari asosiy himoyachi sanaladi.
Hozirda Amerika kubogida ishtirok
etayotgan futbolchining agenti
Otamendi uchun "MYU" "og'iz"
solgandayoq "Valensiya"ni tark
etishi mumkinligini ma'lum qilgan
edi. Biroq "qizil iblislar" Ramos
operatsiyasiga kirishganlaridan
so'ng Nikolas uchun qiziqishni
pasaytirdilar. Endilikda Otamendi
Madridliklarning diqqat
markazlarida bo'lib turibdi.

Lionardo Bonuchchi: 1987-yilda
tug'ilgan futbolchining "zebralar"
bilan tuzgan shartnomasi 2017-yilda
yakuniga yetadi. Biroq "Yuve"
rahbarlari himoyachi uchun qulay
takliflar kelib tushgan taqdirda
muzokaralarga kirishishlarini
ma'lum qilganlar.

Loran Kosielni: 1985-yilda tavallud
topgan Loran jismoniy jihatdan
kuchli himoyachilar toifasiga kiradi.
Madridliklarning unga bo'layotgan
qiziqishlariga sabablardan biri bu -
Rafael Varan. Aynan Varan hamda
Koshelni terma jamoada himoya
juftligini tashkil etishadi va shu
sabab Koshelnining "Real"ga
moslashuvi osonroq kechishi
tahmin qilinmoqda. Uning "Arsenal"
bilan tuzgan shartnomasi 2017-yilga
qadar mo'ljallangan.

Shkodran Mustafi: Germaniya
bilan Jahon chempioniga
aylanganidan so'ng "Valensiya"ga
ko'chib o'tgan 1992-yilda tug'ilgan
futbolchi Otamendiga nisbatan
biroz omadsizroq mavsum o'tkazdi.
Biroq uning kelajagi yuqori
baholanmoqda va Varan bilan birga
uzoq yillar himoya markazidagi
juftlikni tashkil etishi mumkin.

Sizningcha Ramos o'rniga qaysi
himoyachi "Real" safiga kelgani
ma'qul?
by: BEK7
Категория: QIROLLIK KLUBI | Просмотров: 918 | Добавил: B_E_K_7 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish
Ovoz bering!
Yozda qaysi o'yinchini jamoaga kelishini hohlaysiz?
Всего ответов: 190
Qidiruv...
Jadval
To`p urarlar Gollar
1 Ronaldo                  61
2 Benzema 22
3 Xames 18
4 Beyl 17
5 Chicharito 9
Asitsentlar Paslar
1 Ronaldo 22
2 Xames 17
3 Kroos 13
4 Benzema 12
5 Isko 12
Asitsentlar To`p urarlar
Tablitsa
Mini chat
O`NLAYNDAGILAR
Statok.net uzbek.mobi
Onlayn 12
Mehmon 12
Ro`yhatdan o`tkanlar 0
Saytimiz VKCOM
OK.RU dagi guruh
Saytimiz twitteri