Главная » 2014 » Noyabr » 23 » "REAL MADRID" BUYUK TARIXI
15:49
"REAL MADRID" BUYUK TARIXI
Mamlakat: Ispaniya

Shahar: Маdrid

Jamoa tarkibi: Butun jamoa tarkibi

Ma'lumotlar:

Jamoaning to'liq nomi: Real Madrid Club de Futbol

Shahar: Мadrid

Jamoa tashkil topgan yil: 1902 yil

Stadion: "Santiago Bernabeo", maydon hajmi 106х66, 1947 yil qurilgan

Stadion sig'imi: 87 000 muhlis

Prezident: Florentino Peres

Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti

Jamoa manzili: Avenida Concha Espina 1, 28036 (Madrid)

Rasmiy veb sayti: www.realmadrid.com

"Real Madrid" jamoasi dunyoning yetakchi jamoalaridan biri hisoblanadi. FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi futbol klubi deb e'tirof etilgan. Madridning "Real" jamoasi hozrigi kungacha Ispaniya oliy divizionini tark etmagan klub hisoblanib, 1902 yil 6-martda aka-uka Padros va Xulian Palasios tomonidan "Madrid Football Club" nomi ostida tashkil etilgan. 1920 yil 29 iyunda Ispaniya qiroli Alfons XIII jamoaga "Qirollik" nomini bergan bo'lib, Ispanchada "Real" degan ma'noni anglatadi. Shu orqali jamoa nomi " eal Madrid" deb atalgan. Jamoa futbol tarixida eng ko'p sovrinlarni qo'lga kiritganligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi kungacha jamoa 9 marta Evropa Chempionlar Ligasi kubikini, 32 marta Ispaniya La Ligasi chempionligini va bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritgan bo'lib, bunday natijani hali hech qaysi bir jamoa takrorlay olmagan.

Shuning uchun ham jamoa butun yer shari bo'ylab o'z muhlislariga ega bo'lgan, eng mashxur, eng boy jamoa hisoblanadi. "Real Madrid" aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo'lmagan Ispaniyaning 3 jamoasidan biridir. Jamoa boshqaruvi prezident qo'li ostida bo'lib, prezidentni saylash "socios" (Jamoaga har yili tovon puli to'lab a'zosiga aylanadigan muhlislar) deb nomlangan guruh zimmasidadir. Prezident bo'lib saylangan kishi esa o'zining atrofiga birga faoliyat olib boruvchi kishilar(XUNTO Direktorlar kengashi)ni yig'ib o'z g'oyalarini olg'a suradi.

"Real Madrid" futbol jamoasidan tashqari "Real Madrid Basketbol" jamoasi (Basketbol akademiyasi bilan birga) ham mavjud bo'lib, yildan yilga Evropadagi mashxur musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Kelajakda esa "Real Madrid" Regbi jamoasini, ayollar futbol jamoasini va mini-futbol jamoasini tuzish ko'zda tutilgan va klub bu borada izlanishlar olib bormoqda. Shuni ham ta'kidlash kerakki Real Madrid jamoasida to'p suradigan futbolchilar jahon tan olgan yulduzlar hisoblanib, dunyodagi eng mashxur aktyor va qo'shiqchilar bilan bir safda turishadi. Bunga so'ngi yillarda jamoada to'p surgan va to'p surib kelayotgan Luish Figo, Zayniddin Zidan, Ronaldo, David Backham, Raul Gonsales, Iker Casillas, Arien Robben, Kaka', Cristiano Ronaldo kabi futbolchilar misol bo'la oladi

Erishgan yutuqlari:

La liga (32):

1931-32 | 1932-33 | 1953-54 | 1954-55 | 1956-57 | 1957-58 | 1960-61 | 1961-62 | 1962-63 |

1963-64 | 1964-65 | 1966-67 | 1967-68 | 1968-69 | 1971-72 | 1974-75 | 1975-76 | 1977-78 |

1978-79 | 1979-80 | 1985-86 | 1986-87 | 1987-88 | 1988-89 | 1989-90 | 1994-95 | 1996-97 |

2000-01 | 2002-03 | 2006-07 | 2007-08 | 2011-12

Ispania kubugi (18):

1904-05 | 1905-06 | 1906-07 | 1907-08 | 1916-17 | 1933-34 | 1935-36 | 1945-46 | 1946-47 |

1961-62 | 1969-70 | 1973-74 | 1974-75 | 1979-80 | 1981-82 | 1988-89 | 1992-93 | 2010-11

Chempionlar ligasi (10):

1955-56 | 1956-57 | 1957-58 | 1958-59 | 1959-60 | 1965-66 | 1997-98 | 1999-00 | 2001-02!2013-14

Yevropa super kubugi (1):

2002|2013-14

UEFA kubugi (2):

1984-85 | 1985-86|

Ispania super kubugi (8):

1988 | 1989 | 1990 | 1993 | 1997 | 2001 | 2003 | 2008 |2012

Qit'alararo kubugi (3):

1960 | 1989 | 2002

La liga kubugi (1):

1984-85

Lotin kubugi (2):

1955 | 1957

Jahon chempionati kubugi (2):

1952 | 1956

MANCOMUNADOS Kubugi (5):

1931-32 | 1932-33 | 1933-34 | 1934-35 | 1935-36

Hududiy Kubuk (18):

1903-04 | 1904-05 | 1905-06 | 1906-07 | 1907-08 1912-13 | 1915-16 | 1916-17 | 1917-18 |

1919-20 | 1921-22 | 1922-23 | 1923-24 | 1925-26 | 1926-27 | 1928-29 | 1929-30 | 1930-31
Просмотров: 1280 | Добавил: MARIOMANIA | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
1 MARIOMANIA   (23.11.2014 15:59) [Yangilik]
zor

2 _O_T_A_B_E_K_0_0_7   (23.11.2014 18:52) [Yangilik]
ajoyib

3 _O_T_A_B_E_K_0_0_7   (23.11.2014 18:52) [Yangilik]
gap yoq

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish
Ovoz bering!
Yozda qaysi o'yinchini jamoaga kelishini hohlaysiz?
Всего ответов: 190
Qidiruv...
Jadval
To`p urarlar Gollar
1 Ronaldo                  61
2 Benzema 22
3 Xames 18
4 Beyl 17
5 Chicharito 9
Asitsentlar Paslar
1 Ronaldo 22
2 Xames 17
3 Kroos 13
4 Benzema 12
5 Isko 12
Asitsentlar To`p urarlar
Taqvim
«  Noyabr 2014  »
Du Se Cho Pa Ju Sha Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Tablitsa
Mini chat
O`NLAYNDAGILAR
Statok.net uzbek.mobi
Onlayn 1
Mehmon 1
Ro`yhatdan o`tkanlar 0
Saytimiz VKCOM
OK.RU dagi guruh
Saytimiz twitteri