Главная » 2015 » Iyun » 14 » Gareth Bale dan to'liq intervyu...
13:42
Gareth Bale dan to'liq intervyu...
“Real”ning uelslik yarim himoyachisi Garet Beyl uchun mavsum oson kechmadi. U ba’zi muammolarga duch kelib, jamoasi g‘alabaga erisha olmadi.

“The Sun” nashriga bergan intervyusida u o‘tgan mavsum yakunlari va boshqa holatlar borasida savollarga javob qaytardi.

- Premer-ligaga qaytishingiz haqida gap-so‘zlar yuribdi.
- Madridda keyingi mavsum ham o‘ynayman. Biz Chempionlar ligasida finalga chiqa olmaganimizdan afsusdamiz. Keyingi yil yana uni yutishga harakat qilamiz. Barcha sovrinlarga ega chiqish uchun 100 foiz kuchimizni ishga solamiz. Umid qilamanki, biz muvaffaqiyatlarga erishamiz.

- “Bernabeu”dagi tanqidlarga qanday munosabatdasiz?
- Nimalarga qodirligimni tushunaman va qachon yaxshi ishlashimni bilaman. O‘z saviyamdan past o‘ynaganimda uni tuzatish uchun barcha mas’uliyatni zimmamga olaman. “Real”da o‘ynayotganda hamisha yangi narsalarni o‘rganib borish lozim. Haligacha katta klubga o‘ynashga ko‘nikib boryapman. Yaxshi va yomon lahzalar men uchun katta tajriba bo‘ldi. Mavsumning ko‘p qismida yaxshi o‘ynadik, biroq Rojdestvodan keyin qiyin davrni boshdan kechirdik.

- Ushbu mavsumda nima ro‘y berdi?
- Mavsumni yaxshi o‘tkazdik, a’lo emas. Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdik. Biroq bu yerda hamisha La liga va Chempionlar ligasida zafar quchishingga umid qilishadi. Eng muhimi, biz oxirigacha kurashdik va taslim bo‘lmadik. Biroq ba’zan yutqazishga ham to‘g‘ri keladi.

- Sizga nima yetishmadi?
- Men mavsumdan rohatlandim va umuman olganda yaxshi o‘ynadim. Balki, ko‘p gol urmagandirman, lekin shuning ustida ishlayman va ko‘proq gol urishga intilaman. Mavsum yakunlandi va hujumlarni yakunlash ustida ishlashim kerak. Odatda bu menda yaxshi ko‘rinish oladi, biroq bu mavsumda qator muhim vaziyatlarda to‘p kirita olmadim. O‘sha holatlarda gol urishim shart edi. Yaxshi va yomon mavsum o‘rtasidagi farq aynan shunda. Kamchilikni tuzatish ustida ishlayman va umid qilamanki, kelajakda men ulardan foydalanib, kundan-kunga yaxshiroq o‘ynayotganimni his qilaman.

- “Real”ga o‘tib to‘g‘ri qilganmisiz?
- Bu yerga boshqacha o‘yin uslubini tushunish va yangi narsalarni o‘rganish uchun o‘tganman. Hozirgacha o‘rganmoqdaman. Faoliyatimdagi eng yaxshi yillar oldinda va jarohatlar meni chetlab o‘tishiga umid qilaman. Kelajakka umid bilan boqaman. Ko‘ramiz, nimalarga qodir ekanman.

- Kumiringiz Giggz singari Chempionlar ligasini 2 marta yutish orzuingizmi?
- Albatta. Istalgan futbolchidan so‘rang va u sizga imkon boricha ko‘proq kuboklarni yutishni istashini aytadi. Nima uchun oldimga yuqori maqsadni qo‘ymayman? Aynan shu sababli “Real”ga kelganman – sovrinlarni yutish. Chempionlar ligasidan muhimroq narsa yo‘q. “Bernabeu”dagi muhit Chempionlar ligasi o‘yinlarida ajoyi darajada. Muxlislar bizni o‘yin davomida qo‘llab turishadi. Har bir teginish va golli vaziyatda ular shovqin hosil qilishadi.

- Eng yorqin xotira “Desima” bilan bog‘liqmi?
- Klub meni “Desima”ni yutish uchun qo‘shib oldi va orzum birinchi mavsumdayoq amalga oshdi. Men Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lganimni aytishim mumkin.

by: Bek7
Категория: INTERVYU | Просмотров: 1071 | Добавил: B_E_K_7 | Теги: $IMAGE1$ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 sanches8877   (15.06.2015 04:05) [Yangilik]
Umid qilamiz bu mavsum yaxshi o'ynaysan

1 Beznes_Real   (14.06.2015 19:54) [Yangilik]
Umuman yahshi uynolmading bu mavsum kekkaymay tug'ri uyna bumasa joyingni bushatib quy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish
Ovoz bering!
Yozda qaysi o'yinchini jamoaga kelishini hohlaysiz?
Всего ответов: 190
Qidiruv...
Jadval
To`p urarlar Gollar
1 Ronaldo                  61
2 Benzema 22
3 Xames 18
4 Beyl 17
5 Chicharito 9
Asitsentlar Paslar
1 Ronaldo 22
2 Xames 17
3 Kroos 13
4 Benzema 12
5 Isko 12
Asitsentlar To`p urarlar
Tablitsa
Mini chat
O`NLAYNDAGILAR
Statok.net uzbek.mobi
Onlayn 18
Mehmon 18
Ro`yhatdan o`tkanlar 0
Saytimiz VKCOM
OK.RU dagi guruh
Saytimiz twitteri