09:01 LIVE: "MANCHESTER SITI" - "REAL MADRID"(MATNLI TRANSLATSIYA) | |
Xalqaro chempionlar kubogi. 2-tur. "Manchester Siti" - "Real Madrid" Teletransliyatsiya: Sport 1 (Rossiya)
O'yin (TshV) vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi. MATNLI TRANSLATSIYA (YAKUNLANDI) 90+3. Bahs yakunlandi. 90+1. Xese raqib jarima maydonchasiga deyarli yorib kirgan edi, ammo so‘nggi himoyachi uni to‘pdan mosuvo qildi. 90. Ikkin bo'limga +3 daqiqa qo'shib berildi 86. Uchrashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qoldi. 80. O'yin tempi ancha pasaydi 79. Isko o‘rniga Marko Lorente maydonga tushdi. 75. Goool! Denis Cherishev. Iskoning ajoyib pasidan so‘ng rossiyalik futbolchi deyarli bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘llab hisobni yiriklashtirdi.
72. "Siti" burchak zarbasini amalga oshirgandi. Biroq foydasiz...
68. Sardorlik bog‘ichi Arbeloaga o‘tdi.
67. "Real"da o‘zgarishlar. Ronaldu maydonni tark etdi.
66. Yaya Ture o‘rniga Zukulini maydonga tushdi. Madridliklar esa jarima zarbasini noaniq amalga oshirishdi.
64. Fernando Ronalduga qarshi havfli o‘yin namoyish etdi. "Real" jarima zarbasini beradi.
62. Ronalduuu... Yana bir gol muallifiga aylanishi mumkin edi. Biroq, u o‘ziga haddan tashqari ishonib yubordi.
61. Sterliiiing! Ajoyib tarzda raqib jarima maydoniga yorib kirgandi. Biroq, hujumni yakunlaydigan futbolchi topilmadi.
58. Ronaldu o‘yindan tashqari holatda qoldi deb baholadi hakam. Nazarimda "offsayd" yo‘q edi.
55. "Real"ning navbatdagi hujumi. "Siti" himoyachisi Beylga zarba berishga qarshilik qildi.
51. David Silvaaa. "Shaharliklar" yana bir gol kiritishlari mumkin edi. Biroq, samarasiz...
48. "Real" yana hujum uyushtirmoqda.
Modrich o‘rniga Kazemiro maydonga tushdi. Karvaxal o‘rniga Danilo, Pepe o‘rniga Varan. Karim Benzema o‘rniga esa Xese o‘yinni davom ettiradi.
Jamoalar tarkibida bir necha o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda!
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus!
45+2. "Real" jarima maydoni ichida to‘p Ramos va Sterlingning qo‘liga tegdi.
45+1. Maydonga futbol muxlislaridan biri yugurib chiqdi. 45. Birinchi bo‘lim uchun 2 44. GOOOOOOOLLL!!!! PEPE!!!! Iskoning burchakdan yetkazib bergan to‘pini Pepe boshi bilan raqib darvozasiga yo‘llab qo‘ydi! 42. Samir Nasrining bergan zarbasi Navasning qo‘liga borib tushdi. 36. Yaya Tureyeye... U hozir madridliklarning ikki nafar futbolchisini aldab raqib jarima maydoniga kirib borgandi. Ammo kutilmaganda yiqilib tushdi. 34. Endi manchesterliklar oldinga o‘tishgandi. Nasrining o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pini raqib darvozasiga yo‘llaydigan mard topilmadi hozir "Siti" tarkibida. 30. "Real Madrid" yana oldinga o‘tishmoqda. 27. "Real"dan yana bir havfli vaziyat. Iskoda qulay imkoniyat bo‘lgandi. U hozir to‘pni sheriklariga yetkazib berganida navbatdagi golni ko‘rishimiz mumkin edi. 26. Yana gooooolll! RONALDUUUU!!!!O‘ziga yetkazib berilgan to‘pni Kolarovning oldida turgan portugaliyalik futbolchi raqibdarvozasi tomon yo‘lladi. Hakam esa to‘p chiziqni kesib o‘tganini ko'rsatdi 22. Zarbaaaaa! Gooooooolll!!! Benzema!!!! 21. Angliyaliklar tarkibidagi Delfning o‘rniga Xesus Navas maydonga tushdi. 18. Maydonda "Siti" futbolchisi Delf yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 17.Avstraliyadagi 100 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan stadion to‘lib toshgan! 15. "Siti"ning navbatdagi hujumi. David Silvaning chamasi 22 metrdan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi. 11. "Real" jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda Yaya Ture, Serxio Ramos hamda Keylor Navas o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi 8. Sterliiiing! Chap qanotdan himoyachilarni aldab o‘tib raqib jarima maydoniga yorib kirishga harakat qildi. Biroq, uni yiqitishdi yoki o‘z yiqilib tushdi. Asosiy tarkibK.Navas, Pepe, Serxio Ramos, Karvahal, Marselo, Benzema, Bale, Kroos, Ronaldu, Modric, Isco. Manba: R-M.uz REAL_NEXT
| |
|
Всего комментариев: 11 | 1 2 » | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Asitsentlar
To`p urarlar
Toifa
Tablitsa
Arxiv
Mini chat
Saytimiz VKCOM
OK.RU dagi guruh
Saytimiz twitteri
|