10:35 “Real” “MYu”ga Beylni bermoqchi bo'lgan va… | |
Italiyalik taniqli jurnalist Tankredi Palmeri “Real”ning uelslik yarim himoyachi Garet Beyl “Manchester Yunayted”ga sotmoqchi bo'lganini ta'kidlamoqda, deb xabar qiladi Sport Ekspress.
Nashrning Palmeri so'zlarini keltirishicha, shu yilning mart oyida “Qirollik klubi” 26 yoshli futbolchini “MYu”ga berishga va evaziga Anxel Di Mariyani qaytarib olish va qo'shimcha kompensatsiya to'lovini qabul qilishga tayyor bo'lgan. Biroq argentinalik xavbekning o'zi Madrid klubiga qaytishni istamagan.
Eslatib o'tamiz, Di Mariya rasman “PSJ” futbolchisi sifatida tanishtirildi. Palmerining so'zlariga ko'ra “Manchester Yunayted” baribir “Real”ga Beyl transferi bo'yicha taklif bildiradi. Ma'lumot o'rnida, 2013-yilda “qaymoqranglilar” tarkibiga “Tottenxem”dan 100 million evro evaziga transfer qilingan Beyl futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Manba: sports.ru
| |
|
Всего комментариев: 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kirish
Ovoz bering!
Qidiruv...
Jadval
Asitsentlar
To`p urarlar
Toifa
Taqvim
Tablitsa
Arxiv
Mini chat
Saytimiz VKCOM
OK.RU dagi guruh
Saytimiz twitteri
|